Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, hokimlik xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari  hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari, yoshlar maslaxat guruhi, ekspert guruhi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman hokimligining faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-oktyabrdagi PF-186-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Gʻallaorol tumani hokimligi boshqaruv apparatining tavsiyaviy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida,

- Gʻallaorol tumani prokurori adliya maslahatchisi  M.A.Sattarovning 2025-yil davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida,

- 2025-yil davomida Gʻallaorol tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir qilingan jinoyatlarni fosh qilish, hududdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyatni barqaror saqlash borasida olib borilgan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.M.Jalolovning hisoboti to‘g‘risida,

- Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatining holati to‘g‘risida,

- Gʻallaorol tumanida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi hamda  2025-yil mobaynida  sohada amalga oshirilgan ishlar  to‘g‘risida,

- Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning 2025 yil yillik hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida,

- Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida,

-  Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida,

- Mablag‘ ajratish to‘g‘risida masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 7