Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimi joriy etiladi

 🔹Unda viloyat hokimi maslahatchisi Yusufjon Kamolov, tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev, tuman prokurori O‘ktamjon Yo‘lchiyev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Ishanqulov, viloyat Kengashi deputati Sattarxo‘ja Akbarov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. 

🔹Seminarda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, qaror ijrosi doirasida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatiladigan ustuvor vazifalar, mahallalarda
xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi xususida ma’ruzalar tinglandi.
 

🔹Qayd etilganidek, 2025-yilda amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida mahallalarda jinoyatchilik 1,5 baravarga kamaygan. Yangi hujjat
esa bu natijani mustahkamlash va sohani to‘liq raqamlashtirish orqali “jinoyatdan xoli hudud” konsepsiyasini hayotga tatbiq etishga qaratilgan.
 

🔹Yangi qaror — bu “xavfsiz mahalla” konsepsiyasining amaliy ifodasidir. Endilikda xavfsizlik uchun nafaqat soha xodimlari, balki hokimlikdan
tortib ilmiy muassasalargacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlar birdek javobgar bo‘ladi. Bu esa har bir fuqaroning o‘z mahallasida xotirjam va farovon yashashiga xizmat
qiladi.
 

🔹Seminar yakunida mahalladagi vakillarning mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalari va ularning ijrosi bilan bog‘liq savollariga batafsil
javob berildi.
 

                                                                                                                                                                         Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1