Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
DEPUTAT TASHABBUSI – HUDUD OBODLIGIGA HISSA

 Mamlakatimizda deputatlarning joylardagi faolligi, fuqarolar muammolarini o‘rganib, ularni hal etishga qaratilgan amaliy ishlari tobora kengayib borayotgani quvonarli holdir. Aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 

Shu ma’noda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qodirov Husniddin Ravshan o‘g‘li tashabbusi bilan, tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ish boshlab yuborildi. Jumladan, Oltinsoy tumani “Gulchechak” mahallasida joylashgan Mustaqillik ko‘chasini
betonlash ishlari boshlandi. 

Ushbu ish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar ham faol ishtirok etishmoqda. Hashar tarzida tashkil etilgan ishlar doirasida yo‘llarni betonlash bilan birga, atrof-muhitni obodonlashtirish, gul va ko‘chatlar ekish, hududni tozalash kabi ishlar ham amalga oshirilmoqda. 

Bu kabi amaliy tashabbuslar nafaqat infratuzilmani yaxshilashga, balki aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalla aholisining faolligi, birdamligi va hamjihatligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Qayd etish joizki, bunday ezgu ishlar keng jamoatchilik tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olinmoqda. Ularning amalga oshishida xalq vakili – deputatning tashabbusi, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 11