Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
MUNOSABAT

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” – ijtimoiy siyosatning yangi bosqichi

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati oldida turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar turibdi. Ular orasida eng dolzarb masalalardan biri kambagʻallikni qisqartirish va xalq farovonligini taʼminlashdir. Shu maqsadda Namangan shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” xalqaro forumi tashkil etildi. Unda 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Forumning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlab, mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Davlat rahbari taʼkidlaganidek, soʻnggi yillarda ijtimoiy himoya tizimi tubdan yangilanib, aholini qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy qilindi.

Shu bilan birga, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga yoʻnaltirish, zamonaviy taʼlim hamda sogʻliqni saqlash xizmatlariga keng yoʻl ochish — kambagʻallikka qarshi kurashishning asosiy omili ekani taʼkidlandi.

Bunday xalqaro forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday muloqot maydonlari orqali davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlanib, insoniyatni tashvishga solayotgan dolzarb muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyati yaratiladi.

Sabirjon Jumaniyazov,

OʻzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.