Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.
Adolatli tizimdan adolatli jamiyat sari!!!

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5-sentabr kuni adliya tizimida davlat xizmatlarini kengaytirish va raqamlashtirish bo‘yicha olib borgan tashabbuslari mamlakatimizda fuqarolarga qulaylik yaratish va boshqaruvni yanada shaffof qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

So‘nggi sakkiz yil davomida adliya tizimida 70 ga yaqin qonun va qarorlar qabul qilinib, tizim aholi ehtiyojlariga moslashtirildi. 500 dan ortiq davlat xizmati “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilmoqda va endi fuqarolar bir necha daqiqada kerakli hujjatlarini olish imkoniga ega. Kelgusi uch yil ichida bu ko‘rsatkich 900 taga yetkaziladi, xizmatlar “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi va 1 100 ta interaktiv kiosk hududlarda o‘rnatiladi.

Noto‘g‘ri va eskicha tartiblarni olib tashlash, 30 turdagi hujjatlarni onlayn tizimlar orqali olish imkonini yaratish, “FACE-ID” orqali shaxsni aniqlash kabi chora-tadbirlar, shuningdek, ekspertiza va notarial xizmatlarni raqamlashtirish davlat xizmatlarini fuqarolarga yanada qulay qiladi. Bu orqali inson omili va byurokratik to‘siqlar minimallashtiriladi. Xalq Demokratik Partiyasi nuqtai nazaridan bu tashabbuslar ayniqsa juda muhim.   

Ijtimoiy adolat va fuqarolar manfaatlari – XDP dasturidagi asosiy tamoyil: aholining hayotini yengillashtirish, ularni davlat xizmatlaridan tez va samarali foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash. Bu islohotlar aynan shu maqsadga xizmat qiladi.

Hududlarda teng imkoniyat yaratish – Chekka joylardagi aholining davlat xizmatlariga erkin kirishini ta’minlash partiya siyosiy platformasiga to‘liq mos keladi.

Raqamli boshqaruv va shaffoflik – XDP uchun muhim vazifa: davlat idoralari faoliyatining shaffofligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash va mas’uliyatni kuchaytirish. Raqamlashtirish va “bir darcha” tizimi bu maqsadga xizmat qiladi.

Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish – “Adliya TV” va “Aqlli targ‘ibot” orqali qonun va yangi xizmatlar haqida tezkor axborot yetkazish orqali aholining huquqiy bilim darajasi oshadi, bu esa XDP ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.

Ushbu islohotlar O‘zbekistonni raqamli va shaffof davlatga aylantirish, aholiga qulaylik yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim strategik qadamdir.  

Bu tashabbuslar partiyaning ijtimoiy-iqtisodiy dasturini mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini ilgari surish va davlat boshqaruvini soddalashtirishga bevosita xizmat qiladi.

Slide 1 of 1