Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans – umummilliy say-harakatlarimiz poydevori

Bugun yangi taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, buyuk maqsadlari ro‘yobi uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek:

 “Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz. Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot mo‘jizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”

 Bu so‘zlar har birimizning qalbimizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi. Chunki yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevori barpo etishda ta’lim-tarbiya, ilm-fan va ma’rifat eng muhim omil hisoblanadi. Shu ma’noda, ustoz va shogirdlar, ziyolilar hamda yoshlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanmoqda.

 Biz, xalq vakillari sifatida, davlatimiz rahbarining bu da’vatini yurakdan qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot mo‘jizasi – bu, avvalo, barchamizning hamjihatligi, mehnati va sa’y-harakatlari bilan amalga oshadi.

 Yoshlarni ilmga, ijodga va yangicha tafakkurga yo‘naltirish – kelajakning mustahkam poydevorini yaratish demakdir. Shu bois, har bir mahalla, har bir maktab, har bir oilada ma’rifat va tarbiya masalalariga jiddiy e’tibor qaratilishi lozim.

 Biz ishonamizki, butun xalqimizning birdamligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevori mustahkam qo‘yiladi. Bu buyuk maqsad – el-yurtimizning farovon hayoti, mamlakatimiz taraqqiyoti va yoshlarimiz kelajagi yo‘lida xizmat qiladi.

Payariq tumani O‘rta Saydov deputati

 L. Djamolova