Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

 Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati R. Nodirov tomonidan
Iftixor mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. Bundan
ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini
baholash, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf
etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. 

O‘rganish ishlari doirasida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan
aholining ijtimoiy himoyasi, kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga ko‘maklashish,
ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish
yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.  

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli
madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlariga jalb etish masalalari ham muhokama markazida
bo‘ldi. 

O‘rganish davomida
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalla faollariga tegishli tavsiyalar berildi.
Ayniqsa, fuqarolar bilan tizimli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarga
tezkor munosabat bildirish zarurligi ta’kidlandi. 

Deputat tomonidan
mahalla faollariga davlatimiz rahbarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga
qaratilgan qaror va dasturlari, Quva tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim
etildi. 

Uchrashuv yakunida
mahalla aholisi va faollari tomonidan berilgan savollarga joyida aniq va to‘liq
javoblar berildi. Fuqarolarning taklif va mulohazalari inobatga olinib, ularni amaliy
hayotga tadbiq etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.  

Slide 1 of 5