Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
Prezidentimizning har bir xalqaro tashabbusi – mahalliy taraqqiyot uchun imkoniyat

2025-yil 4-iyul kuni Ozarbayjonning Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etib, mamlakatimiz manfaatlarini qat’iyat bilan himoya qildi va muhim xalqaro tashabbuslar bilan ishtirok etdi.

🔹Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, Prezidentimiz ushbu nufuzli xalqaro minbarda o‘zining aniq maqsad va strategik pozitsiyasi bilan yana bir bor O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikdagi yetakchi o‘rnini namoyon etdi.

Sammitda Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan dolzarb masalalar orasida:

transport va logistika tizimini rivojlantirish;

o'zaro savdo hajmini oshirish va texnik to‘siqlarni kamaytirish;

“Yashil iqtisodiyot” va barqaror energetika sohasida hamkorlik;

oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat sohasidagi aloqalar kabi yo‘nalishlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan Termiz – Mazori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bildirilgan chaqiriq butun mintaqada barqaror transport zanjirini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi shubhasiz.

Shu bilan birga, “yashil energetika” sohasida EHT doirasida alohida hamkorlik platformasini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ilmiy markaz tashkil etish tashabbuslari ham mintaqaviy taraqqiyotga O‘zbekistonning faol hissasini ko‘rsatadi.

🔹Bunday tashabbuslar nafaqat xalqaro maydonda, balki mahalliy darajada ham keng imkoniyatlar eshigini ochadi, tuman v shaharlarda logistika markazlarini rivojlantirish, tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtirish, hududiy eksport salohiyatini yuksaltirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun asos yaratiladi.

🔹Biz, deputatlar Davlat rahbarining bu tashabbuslarini joylarda samarali hayotga tatbiq etish maqsadida mahalliy tadbirkorlar, faol yoshlar va jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishimiz zarur.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Sadirov Jamshid Ergashovich.