Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
🔷 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasidagi “Yoshlar salomatligi – partiya e’tiborida” loyihasi asosida bolalar salomatligini muhofaza qilish va erta profilaktik tekshiruvlarni kuchaytirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

🟥 YoShLAR SALOMATLIGI – PARTIYa E’TIBORIDA!

🔷 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasidagi “Yoshlar salomatligi – partiya e’tiborida” loyihasi asosida bolalar salomatligini muhofaza qilish va erta profilaktik tekshiruvlarni kuchaytirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔷 Loyiha doirasida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov, hamda “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov ishtirokida ta’lim muassasalarida bolalar orasida keng tarqalayotgan yassioyoqlik va skolioz kabi ortopedik kasalliklarning holatini o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔷 Ushbu tashabbus doirasida Mehnatobod MFY hududida joylashgan 55-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif uyushtirildi. Tashrif chog‘ida muassasa tarbiyalanuvchilarining salomatligi, ular uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu muassasada 50 nafar bolajon tarbiyalanmoqda va bir oy avval o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida 3 nafar bolada ortopedik muammolar – yassioyoqlik va skolioz aniqlangan. Hozirda ular tegishli tibbiy muolajalarni olmoqdalar.

🔷 Ta’kidlash joizki, bolani vaqtida ortoped ko‘rigidan o‘tkazish juda muhim. Agar tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar o‘z vaqtida aniqlanmasa, suyak va bo‘g‘imlarda noto‘g‘ri shakllanish sodir bo‘lib, bu keyinchalik jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

🗣 Shu sababli barcha ota-onalarni farzandlarining salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishga, bolalarni muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turishga chaqirib qolamiz. Zero, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq va samaralidir.

🧒👧 Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak poydevori!

#AdolatSDP #YoshlarSalomatligi #Sog‘lomAvlod #Farg‘ona #TibbiyKo‘rik #Ortopediya #Yassioyoqlik #Skolioz

Slide 1 of 5