Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak uchun muhim qadam

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati A. Rabbimov tomonidan tumandagi 55-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga ta’limning jamiyatdagi o‘rni, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, vatanparvarlik ruhini shakllantirish hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda davlat tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, grantlar, tanlovlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Deputat yoshlarning fikr va takliflarini eshitib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ayniqsa, kelajak kasblari, raqamli texnologiyalar va innovatsion yo‘nalishlar borasidagi savollar atroflicha muhokama qilindi.

📚 Bunday uchrashuvlar yosh avlodning ijtimoiy ongini yuksaltirish, ularni mustaqil fikrlovchi va mas’uliyatli fuqarolar etib voyaga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4