Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.
Rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Farg‘ona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi tuzilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlari M.Raimdjanov va A.Mahkamovlar tomonidan Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida hamda 8-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha nazorat tahlil olib borildi.

O‘rganish natijasida hozirgi kunda Marg‘ilon shahar "Toshkesar" MFYdagi 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida (300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish bilan) Pudratchi “Mir hous stroy ” MCHJ tomonidan shartnoma qiymati qurilish materiallarisiz 3222,0 mln. so‘m tasdiqlangan bo‘lib, qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmokda.

Marg‘ilon shahar "Yovqochar" MFYdagi 8-maktabni (1280 o‘rinli mavjud binosini mukammal ta’mirlash, 420 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish bilan) rekonstruksiya qilish hozirgi kunda Pudratchi “Farg’ona kristal” MCHJ tomonidan shartnoma qiymati qurilish materiallarisiz 4754,03 mln. so‘m tasdiklangan bo‘lib, qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 85% bitkazilgani aniqlangan.

Slide 1 of 6