Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
Doʻstlikda pilla topshirish qizgʻin davom etmoqda.

Doʻstlikda pilla topshirish qizgʻin davom etmoqda. Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Shavkat To‘rayevich va Mahalliy deputatlar Qudratva Malika va Gʻaybullaeva Saotxonlar pilla etishtirishda ishchi xizmatchi ayollarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, mutasaddilar tomonidan
quydagi fikrlarni berildirildi: 

 Doʻstlik tuprogʻi har faslda serhosil, bu erdagi mehnatkash xalq tabiat bilan uygʻun yashaydi. Bugungi kunda tumanda yana bir an'anaviy, muhim jarayon boshlandi – pilla topshirish mavsumi qizgʻin pallaga kirdi. 

Bu yil tumanda jami 1667 quti ipak qurti boqilmoqda. Qishloq xoʻjaligining ushbu nozik va yuksak mas'uliyat talab qiluvchi tarmogʻiga 4500 nafardan ziyod kishi jalb etilgan. Ular orasida erga mehri singgan fermerlar ham, kasanachi ayollar ham bor. Shu orqali nafaqat daromad, balki bir yillik mehnat staji ham ortirish imkonini qoʻlga kiritishmoqda. 

Pilla etishtirish – nafaqat san'at, balki sabr va e'tibor sinovidir. Odatda, bir quti ipak qurtidan 60-70 kilogramm atrofida pilla olinadi. Bu yil esa Doʻstlik
tumani pillakorlari oldilariga 100 tonna pilla etishtirish vazifasini qoʻyishgan. 

Mehnat mevasi – xom ashyoni “Doʻstlik pilla” MChJ va “Silk Ekspert Processing” MChJ kabi mahalliy korxonalar xarid qilmoqda. Ular har bir kilogramm pilla uchun 40 000 soʻmdan toʻlov amalga oshirmoqda. Bu esa aholi uchun salmoqli daromad manbai boʻlmoqda. 

Pilla faqat iqtisodiy manfaat emas, balki milliy qadriyatning bir boʻlagi. Uning oq ipidan chiroyli adraslar, benazir atlaslar toʻkiladi, qolaversa, yurtimiz
hunarmandchiligida ham beqiyos oʻrin egallaydi. 

https://t.me/Dustlik_kotibiyat   

 https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman 

   

Slide 1 of 8