Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Deputat saylovchilariga hisobot berib, sayyor qabul o'tkazdi

Bugun 5-aprel kuni Paxtachi tumani 2-sektor shtabida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Yodgorbek Jo‘rayev o‘z saylovchilari oldida 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan hisobot berdilar.

Uchrashuv davomida deputatlar o‘z saylov okruglari doirasida olib borgan ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi natijalari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishi, viloyat Kengashining sessiyaviy faoliyati doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar — ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, ta'lim muassasalari shart-sharoitlari bo'yicha o‘z fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Yakunida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot asosida javoblar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha deputat tomonidan yozma tartibda so‘rovlar tayyorlanishi va ijrosi nazoratga olinishi bildirildi.

Slide 1 of 3