Deputat saylovchilarga o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi 10-Boʻston saylov okrugi deputati Uzaqov Ravshanbek Poʻlatovich saylovchilar bilan
navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini oʻtkazib, o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan axborot berdi. Uchrashuvda
hududda amalga oshirilgan ishlar, xususan elektr taʼminotini yaxshilash, ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash borasida erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga
atroflicha javoblar berildi. Xalq bilan muloqot – muammolar yechimi va taraqqiyotning muhim omilidir.