35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
На сессии областного Кенгаша обсудили 18 ключевых вопросов социально-экономического развития В центре просвещения «Маърифат маскани» Намангана состоялась XXV сессия областного Кенгаша народных депутатов, на которой рассмотрены вопросы безопасности, законности, исполнения бюджета, развития социальной сферы и инфраструктуры. Заседание провел председатель областного Кенгаша Солижон Муминов.
янв.21
ҲАЛИМА МУҲИТДИНОВА ХОТИРАСИ АБАДИЙЛАШТИРИЛАДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ НАМАНГАН ВИЛОЯТИ КЕНГАШИНИНГ 25-СЕССИЯСИДА 1650 НАФАР ФУҚАРОНИНГ ЕР ВА МУЛК ҲУҚУҚЛАРИ ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг йигирма бешинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Фаровон маҳалла фуқаролар йиғинида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
Сессия олдидан тиббиёт соҳасидаги фаолият жойига чиққан ҳолда ўрганилди.
янв.21
Zarbdor va Navoiy mahallalarida muammolar aniqlab olindi
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 15-ялпи мажлиси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши раиси С.Муминов, вилоят Кенгаши депутатлари, шаҳар ва туман Кенгашлари котибият мудирлари иштирокида муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоси, Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати Нажмиддинов Икромхон Хошимхонович Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармонига мувофиқ “Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси” фахрий унвони билан тақдирланганликлари ҳамда қутлуғ 75 ёшни қарши олганликлари муносабати билан халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг 22-сессиясида тантанали равишда қутланди.
“Yashil bog‘lar” qarori ijrosi deputatlar nazoratida: Termizda ekologik loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi

Mazkur o‘rganish “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasida belgilangan doimiy komissiyalarning hududlarda davlat organlari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ishchi guruhlar tuzish, mutaxassislarni jalb etish hamda Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilish vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

💬Shuningdek, Eng muhim qonunlarning mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi taqsimoti asosida ekologiya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini baholash hamda amaliy holatni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

💬Ishchi guruh tarkibida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Burxon Raxmatullayev, 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati, komissiya a’zosi Xayrullo Jurayev, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari R. Mamashukurov va A. Temirov, shuningdek Termiz shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda Ekopolitsiya mas’ullari ishtirok etdilar.

💬O‘rganish davomida, avvalo, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2023-yil 5-iyundagi VI-61-72-8-121-K/23-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qaror asosida shaharning “Guliston” va “Saxovat” mahallalari hududida jami 3 gektar maydonda “Yashil bog‘lar” barpo etish belgilangan bo‘lib, loyiha orqali shaharning ekologik holatini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholining dam olishi uchun qulay maskanlar yaratish ko‘zda tutilgan.

💬Joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlarda yashil hududlarda ekilgan daraxt va manzarali butalarning saqlanish holati, sug‘orish tizimining ishlashi, ko‘chatlarning parvarishi, yashil maydonlarning sanitariya holati, mavjud infratuzilmaning bugungi holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududlarda qo‘shimcha ko‘chat ekish imkoniyatlari, sug‘orish manbalari va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

💬Mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshirilgan monitoring davomida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi, daraxt va butalarning muhofazasi, ularning noqonuniy kesilishining oldini olish, shuningdek yashil hududlardan oqilona foydalanish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

💬Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar e’tiboriga ko‘chatlarni muntazam sug‘orish, qurib qolish xavfi mavjud daraxtlarni saqlab qolish, yashil hududlarni doimiy parvarish qilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

💬O‘rganish jarayonida ekologik barqarorlikni ta’minlash faqatgina mas’ul tashkilotlarning emas, balki mahalla faollari, fuqarolar va jamoatchilikning ham umumiy mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi. Zero, barpo etilgan har bir yashil hudud nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

🫥Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar umumlashtirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qaror ijrosini to‘liq ta’minlash hamda “Yashil bog‘lar” loyihasi samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlanishi, zarur masalalar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi muhokamasiga hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 3