Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
Tumanning Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlar hududida yashovchi aholini murojaatlariga asosan qir adirlikka
tashkil etilgan uzum bog‘larni sug‘orish tizimini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi. Ishchi guruh o‘rganishlari natijasida 1200 metr D=160 hamda 500 metr D=110 jami 1700 metr tarmoq tortish zaruriyati mavjudligi aniqlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026 yil 4 maydagi VII-19-25-11-151-K/26-sonli qaroriga muvofiq sug‘orish tizimini yaxshilash uchun polietilen trubalar yetkazib berildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Kengash tomonidan chiqarilgan har bir qaror ijrosini nazoratga olishmoqda. Aholi murojaatlari tuman hokimligi va tuman Kengashi deputatlari hamkorligida o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.