❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli Qaroriga muvofiq Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi qarori qabul qilingan.
📌 Mazkur qaror ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Litvinova Olga Ivanovna hamda tuman Kengashi deputati Kerimov Alisher Sabirovich tomonidan Al Buxoriy va Vatandosh mahallalarida 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishildi.
🔹 Tashrif davomida aholi bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari eshitildi.
💬 Ushbu hududlarda infratuzilmani yaxshilash, bolalar maydonchalari qurish va piyodalar yo‘laklarini obodonlashtirish ishlari belgilangan bo‘lib, ularni sifatli va o‘z vaqtida bajarish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
👉 Bu ishlar aholiga qulay sharoit yaratish va hududlarni yanada obod qilishga xizmat qiladi