❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Avezdurdiyeva Guldana Xaldurdiyevna hamda tuman Kengashi deputatlari Abduroziqova Nasiba Alimovna va Kerimov Alisher Sabirovich “Muxtor Ashrafiy” va "O‘qchi Olmazor" mahalladlarida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
🔹Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, jumladan infratuzilma, obodonlashtirish va kundalik turmushga daxldor muammolar atroflicha muhokama qilindi.
✅Shuningdek, muloqot jarayonida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat olib borilib, ularning dardu tashvishlarini eshitish va yechimlarini izlashga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda manzilli ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.