Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Косонсой туманида маҳалла инфратузилмаси ва ободонлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
Косонсой туманида мактабгача таълим муассасасида олиб борилаётган қурилиш ишлари ўрганилди
янв.21
Косонсой туманидаги “Гулобод” маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари олиб борилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Халқ билан бирга — муаммоларга жойида ечим
янв.21
Чуст тумани Тошқўрғон МФЙда сессия қарори ижроси ўрганилди.
янв.21
Чуст туманидаги Қайирма маҳалла фуқаролар йиғинида амалга оширилган қурилиш-ободонлаштириш ишлари билан танишилди.
янв.21
Чуст туманида “Ташаббусли бюджет” доирасида амалга оширилаётган йўл қурилиши ишлари ўрганилди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т.Гаппаров бошчилигида муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili

Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan tumandagi “Yu.Sakkokiy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 2026-yil birinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan axboroti hamda fuqarolar qabuli tashkil etildi. Mazkur qabulda tuman obodonlashtirish boshqarmasi, tuman kadastr palatasi hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

⚡️ Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, “Yusuf Sakkokiy” mahallasi hududidan o‘tgan eskirgan elektr simlarni yangisiga almashtirish, xonadonlarda o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarni muntazam nazoratdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan chiqarib turish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu masalalar bevosita aholi xavfsizligi va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Shuningdek, hududiy chegaralar bilan bog‘liq muammo ham kun tartibiga qo‘yildi. Xususan, Yusuf Sakkokiy 1-tor ko‘chasining yoritish tizimini texnik jihatdan “Yusuf Sakkokiy” mahallasiga o‘tkazish masalasi ilgari surildi. Bu kabi holatlar hududiy boshqaruvda aniqlik va mas’uliyatni yanada mustahkamlash zarurligini ko‘rsatadi.

🔺 Bundan tashqari, “Yusuf Sakkokiy” mahallasidagi 3-tor ko‘chani asfaltlashtirish zarurligi qayd etilib, ushbu hudud bilan bir qatorda maktabga tutash hududni ham qamrab olish imkoniyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi. Mazkur taklif mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanish zarurligini aks ettiradi.

📁 Deputat Karimov Jamshid Fatxullayevich barcha ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganib chiqishini, ularni nazoratga olishini hamda zaruratga ko‘ra tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammolar yechimiga erishilishini ta’kidlab o‘tdi.

💬 Umuman olganda, bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ularni tizimli ravishda hal etish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6