Talabalar ijodini rivojlantirish
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Dilmurod Ergashev Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida yoshlar ijodi bilan yaqindan tanishdi va mavjud muammolarni o‘rganib chiqdi.
Mazkur uchrashuv davomida shahar hokimi o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy asarlar, tasviriy san’at namunalar, musiqa va sahna chiqishlarini diqqat bilan kuzatdi va yuqori baholadi. Shu bilan birga, yosh iste’dod egalari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, erishayotgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida fikr almashildi.
Dilmurod Ergashev iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish muhimligini alohida ta’kidladi.
Ushbu tadbir yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi samarali muloqotning muhim namunasi bo‘ldi va kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish zarurligi qayd etildi.