Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайёр қабул: аҳоли мурожаатлари жойида ўрганилиб ижобий ҳал этиш бўйича чора-тадбирлар белгиланди
янв.21
Кенгаш котибияти мудирининг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
“Сардоба” маҳалласида ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ҳунармандчилик соҳаси ўрганилди
янв.21
Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг КҚ-6-V-сонли қарори ижроси доирасида бандлик штаби фаолияти ўрганилди
янв.21
Ҳунармандчилик фаолияти билан танишилди
янв.21
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi
янв.21
Ахборот сиёсатида янги ёндашув: Кенгашлар фаолияти ривожида муҳим қадам
⭐️ 67 nafar fuqaroning mulk huquqi rasman e’tirof etildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qaroriga asosan Ishtixon tumanida 67 nafar fuqaroning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ushbu yerda qurilgan uy-joy va boshqa bino-inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi rasman e’tirof etildi.

Mazkur qaror orqali fuqarolar uzoq yillardan buyon foydalanib kelayotgan uy-joy va bino-inshootlarini qonuniylashtirish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kelgusida erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Endilikda ushbu fuqarolar:

🔹 o‘z mulkini qonuniy ravishda rasmiylashtiradi;

🔹 uy-joyini sotish, hadya qilish yoki meros qilib qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹 bankdan kredit olishda ushbu mulkdan garov sifatida foydalanishi mumkin;

🔹 mulki bilan bog‘liq huquqiy muammolardan himoyalanadi.

Mazkur hujjatlar fuqarolarga tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda tuman adliya bo‘limi, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, deputatlar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Bu kabi amaliy ishlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini ta’minlash, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va hududda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5