Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайёр қабул: аҳоли мурожаатлари жойида ўрганилиб ижобий ҳал этиш бўйича чора-тадбирлар белгиланди
янв.21
Кенгаш котибияти мудирининг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
“Сардоба” маҳалласида ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ҳунармандчилик соҳаси ўрганилди
янв.21
Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг КҚ-6-V-сонли қарори ижроси доирасида бандлик штаби фаолияти ўрганилди
янв.21
Ҳунармандчилик фаолияти билан танишилди
янв.21
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi
янв.21
Ахборот сиёсатида янги ёндашув: Кенгашлар фаолияти ривожида муҳим қадам
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-392-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Juma shaharchasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur loyiha doirasida renovatsiya asosida 26 ta 7–9 qavatli, jami 1,5 ming xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy uy-joylar barpo etilmoqda. O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi hudud aholisi uchun zamonaviy va qulay turar joylar yaratish, shuningdek, Juma shaharchasining yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3