Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi
янв.21
Ахборот сиёсатида янги ёндашув: Кенгашлар фаолияти ривожида муҳим қадам
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг навбатдаги 20-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Вилоят Кенгаши доимий комиссияларининг қўшма йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати Ш.Эргашев белгиланган қабул кунига мувофиқ сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Ҳалқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати М. Аппаков ёшлар билан учрашди
янв.21
Ёшлар билан мулоқот – ташаббуслар қўллаб-қувватланмоқда
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати А.Фозилов ўз сайлов округи ҳудудидага сайловчилари билан навбатдаги учрашувини ўтказди.
Chilonzorda yoshlar bilan kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.

2026 -yil 12-mart kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish, terrorizm va ekstremizm tahdidlarining oldini olish, shuningdek ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil qilindi.Tadbirda maktab o‘quvchilari, pedagoglar, jamoatchilik vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich ham so‘zga chiqib, bugungi kunda jamiyatda dolzarb bo‘lib borayotgan kiberjinoyatchilik xavfi, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari haqida to‘xtalib, yoshlarni axborot makonida hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, internet tarmoqlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga, u mamlakatimizda ona va bola manfaatlarini himoya qilish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Nutq davomida qizlarni erta turmushga chiqarishning salbiy oqibatlari, bu holat ularning ta’lim olishi, sog‘ligi va kelajakdagi imkoniyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida tushuntirishlar berdi.

Shu munosabat bilan, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan farmon va qarorlar mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berilib, jamiyatda ayol-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib sharoit yaratish barchamizning umumiy vazifamiz ekanligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida bunday targ‘ibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish yoshlarni salbiy ta’sirlardan asrash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4