Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Косонсой туманида маҳалла инфратузилмаси ва ободонлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
Косонсой туманида мактабгача таълим муассасасида олиб борилаётган қурилиш ишлари ўрганилди
янв.21
Косонсой туманидаги “Гулобод” маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари олиб борилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Халқ билан бирга — муаммоларга жойида ечим
янв.21
Чуст тумани Тошқўрғон МФЙда сессия қарори ижроси ўрганилди.
янв.21
Чуст туманидаги Қайирма маҳалла фуқаролар йиғинида амалга оширилган қурилиш-ободонлаштириш ишлари билан танишилди.
янв.21
Чуст туманида “Ташаббусли бюджет” доирасида амалга оширилаётган йўл қурилиши ишлари ўрганилди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т.Гаппаров бошчилигида муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish maqsadida joylarda aholi va mehnat jamoalari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda va partiya safi kengaytirilmoqda.

 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Angren shahar kengashi tomonidan partiyaning Dasturiy maqsadlari va vazifalari, siyosiy platformasi — liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish maqsadida joylarda aholi va mehnat jamoalari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda va partiya safi kengaytirilmoqda. 

 Shunday tadbirlar bugungi kunda navbatma-navbat o‘tkazilmoqda, xususan 9- may “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan tadbirga ulanib, mehnat jamoasida bo‘lib o‘tdi.  

 Ushbu tadbir maktab o‘quvchilari jonli ijrosidagi O‘zbekiston respublikasi madhiyasi bilan boshlanib, Xalq deputatlari
shahar Kengashi deputati Abdurashid Abduraimov ochib berganidan so‘ng, partiya shahar kengashi apparati rahbari Mukadam Narbaeva so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabriklab, bugungi kunda mamlakatimiz siyosiy jarayondagi islohotlar, jamiyatda
yoshlarning ta’lim – tarbiyasi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning hissalariga alohida urg‘u berib, partiya dasturiy vazifalarini targ‘ibotida “Dorilfunun” MFY qoshida tashkil topgan boshlang‘ich partiya yetakchisi etib saylangan Yulduz Usmonovaning hissasi katta ekanligini ta’kidlab o‘tildi.  

 Tadbir oxirida Mukadam Narbaeva bir guruh fuqarolarga partiya biletlari va znachoklarinitopshirib, faol partiya a’zolari bo‘lmish - Yulduz Usmonova, Shaxnoza Ortiqboeva, Xurriyat Akramova, Dilfuza Saytqulova, Barno Ismoilova, Baxtiyor Izzatullaev, O`zLiDeP shahar kengashi faxriy yorliqlari, shuningdek, Abdurashid Abduraimovni partiya viloyat kengashi faxriy yorliqlari bilan taqdirladi.  

Slide 1 of 5