Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi
янв.21
Ахборот сиёсатида янги ёндашув: Кенгашлар фаолияти ривожида муҳим қадам
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг навбатдаги 20-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Вилоят Кенгаши доимий комиссияларининг қўшма йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати Ш.Эргашев белгиланган қабул кунига мувофиқ сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Ҳалқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати М. Аппаков ёшлар билан учрашди
янв.21
Ёшлар билан мулоқот – ташаббуслар қўллаб-қувватланмоқда
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати А.Фозилов ўз сайлов округи ҳудудидага сайловчилари билан навбатдаги учрашувини ўтказди.
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili

Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili

Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy ongi hamda mas’uliyatini oshirish ustuvor vazifalardan biridir.

Shu maqsadda 19-Mingchinor saylov okrugidan saylangan Raximova Gavxar Ismoilovna — Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati tashabbusi bilan Ozod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 40-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida:

Giyohvandlikning salbiy oqibatlari;

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish;

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish;

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajak rejalari haqida fikr almashdilar.

Bunday ma’rifiy va profilaktik tadbirlar yoshlarimizni sog‘lom, ongli va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6