Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Косонсой туманида маҳалла инфратузилмаси ва ободонлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
Косонсой туманида мактабгача таълим муассасасида олиб борилаётган қурилиш ишлари ўрганилди
янв.21
Косонсой туманидаги “Гулобод” маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари олиб борилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Халқ билан бирга — муаммоларга жойида ечим
янв.21
Чуст тумани Тошқўрғон МФЙда сессия қарори ижроси ўрганилди.
янв.21
Чуст туманидаги Қайирма маҳалла фуқаролар йиғинида амалга оширилган қурилиш-ободонлаштириш ишлари билан танишилди.
янв.21
Чуст туманида “Ташаббусли бюджет” доирасида амалга оширилаётган йўл қурилиши ишлари ўрганилди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т.Гаппаров бошчилигида муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov hamda viloyat deputati Norboyeva Soxiba Otaqulovna tomonidan Xosa mahallasida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

#Deputat_nazorati 

#Deputat_faoliyati

“Deputatlar nazoratida: bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish”

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov hamda viloyat deputati Norboyeva Soxiba Otaqulovna tomonidan Xosa mahallasida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazlari faoliyati, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar o‘rgatish kurslari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni bandlikka jalb etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Deputatlar tomonidan mavjud muammolar, jumladan, doimiy ish o‘rinlari sonini oshirish, kasbga qayta tayyorlash dasturlarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2