Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайёр қабул: аҳоли мурожаатлари жойида ҳал этилмоқда
янв.21
Сайёр қабул: аҳоли мурожаатлари жойида ўрганилиб ижобий ҳал этиш бўйича чора-тадбирлар белгиланди
янв.21
Кенгаш котибияти мудирининг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
“Сардоба” маҳалласида ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ҳунармандчилик соҳаси ўрганилди
янв.21
Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг КҚ-6-V-сонли қарори ижроси доирасида бандлик штаби фаолияти ўрганилди
янв.21
Ҳунармандчилик фаолияти билан танишилди
янв.21
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati S.Abdishukurov tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati S.Abdishukurov tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, hokim yordamchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar holati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kreditlar asosida barpo etilgan issiqxonalar faoliyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Issiqxonalar orqali aholining doimiy daromad manbai yaratilayotgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, chorva krediti asosida chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati ham o‘rganilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 8