Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг навбатдаги 20-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Вилоят Кенгаши доимий комиссияларининг қўшма йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати Ш.Эргашев белгиланган қабул кунига мувофиқ сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Ҳалқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати М. Аппаков ёшлар билан учрашди
янв.21
Ёшлар билан мулоқот – ташаббуслар қўллаб-қувватланмоқда
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати А.Фозилов ўз сайлов округи ҳудудидага сайловчилари билан навбатдаги учрашувини ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг навбатдаги 19-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши доимий комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Чортоқ тумани Кенгашининг ўн бешинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
“Qutlug‘tol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

         Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

         Kun tartibiga quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

         Birinchi masala — Bag‘dod tumanida yoshlar yo‘nalishida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i O‘.Boltaboyevning hisoboti tinglandi. komissiya a'zolari tomonidan yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarini joyida hal etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

         Ikkinchi masala — doimiy komissiyaning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Unda ushbu yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor yo‘nalishlar, nazorat tadbirlari va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

         Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari hamda deputatlar tomonidan qator taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda mazkur masalalarni xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5