Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Сардоба” маҳалласида ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ҳунармандчилик соҳаси ўрганилди
янв.21
Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг КҚ-6-V-сонли қарори ижроси доирасида бандлик штаби фаолияти ўрганилди
янв.21
Ҳунармандчилик фаолияти билан танишилди
янв.21
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi
янв.21
Ахборот сиёсатида янги ёндашув: Кенгашлар фаолияти ривожида муҳим қадам
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг навбатдаги 20-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Вилоят Кенгаши доимий комиссияларининг қўшма йиғилиши бўлиб ўтди
MIROBOD TUMAN HOKIMLIGINING BOSHQARUV XODIMLARI VA SEKTOR RAHBARLARI UCHUN O‘QUV-TRENING TASHKIL ETILDI

Bugun, 23-aprel kuni, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari Shoxrux Mamadjanov boshchiligida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari va Mirobod tumani hokimligi xodimlari uchunekspress-trening tashkil etildi. 

Treningni o‘tkazishdan maqsad — hokimyat xodimlari o‘z ishini samarali olib borish jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan iborat. 

Tadbir avvalida "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-49-sonli Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga
oshirish mexanizmlari tushuntirildi.
 

Shundan so‘ng, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ma’lumotlar berildi.   

Slide 1 of 6