O‘zLiDeP Fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqida keltirilgan O‘zbekistondagi islohotlar xususida so‘z yuritildi.
Jumladan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishildi. Bu, avvalo, ta’lim
va ilm-fan sohasi o‘zgartirilayotgani, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalari barpo etilayotgani, “yashil” energetika va transport infratuzilmasi modernizatsiya qilinayotgani, kichik biznes har tomonlama rivojlantirilayotgani va natijada millionlab ish o‘rinlari yaratilayotgani tufaylidir.