Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
На сессии областного Кенгаша обсудили 18 ключевых вопросов социально-экономического развития В центре просвещения «Маърифат маскани» Намангана состоялась XXV сессия областного Кенгаша народных депутатов, на которой рассмотрены вопросы безопасности, законности, исполнения бюджета, развития социальной сферы и инфраструктуры. Заседание провел председатель областного Кенгаша Солижон Муминов.
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ НАМАНГАН ВИЛОЯТИ КЕНГАШИНИНГ 25-СЕССИЯСИДА 1650 НАФАР ФУҚАРОНИНГ ЕР ВА МУЛК ҲУҚУҚЛАРИ ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ
янв.21
ҲАЛИМА МУҲИТДИНОВА ХОТИРАСИ АБАДИЙЛАШТИРИЛАДИ
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг йигирма бешинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Фаровон маҳалла фуқаролар йиғинида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
Сессия олдидан тиббиёт соҳасидаги фаолият жойига чиққан ҳолда ўрганилди.
янв.21
Zarbdor va Navoiy mahallalarida muammolar aniqlab olindi
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 15-ялпи мажлиси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши раиси С.Муминов, вилоят Кенгаши депутатлари, шаҳар ва туман Кенгашлари котибият мудирлари иштирокида муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоси, Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати Нажмиддинов Икромхон Хошимхонович Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармонига мувофиқ “Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси” фахрий унвони билан тақдирланганликлари ҳамда қутлуғ 75 ёшни қарши олганликлари муносабати билан халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг 22-сессиясида тантанали равишда қутланди.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati yangi qabul qilingan Prezident Farmoni to‘g‘risida munosabat bildirdi

 Keyingi yillarda mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar haqida gapirganimizda bu sohada davlatimiz rahbari tomonidan oldinga surilayotgan islohotlarning ahamiyati yaqqol ko‘z o‘ngimizga keladi. Shulardan biri mahalliy davlat hokimiyatlari faoliyatini samaradorligi va xalq deputatlari Kengashlarining
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal etishda uning o‘rnini mustahkamlashdan iboratdir.
 

Bu borada yaratilayotgan huquqiy asoslar, mahalliy ijro hokimiyati ustidan nazorat funksiyalarini kengaytirilishi, ko‘plab organlar rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yilgani, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi, vakillik organlarini xalqimizning haqiqiy “ovoz”iga aylantirish sari dadil qadamlar qo‘yilayotgani ham fikrimizning yaqqol isbotidir. 

Bu borada mamlakatimiz Prezidentining 2024 yil 2-fevraldagi PF-28 sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonida ham bu borada kelgusida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida asosiy va muhim chora-tadbirlar belgilab berilgandir. 

Farmonda ta’kidlanganidek, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy –huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish maqsadida Oliy Majlis Senati va Adliya vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar ro‘yxati, tizimlashtirish taklif etilayotgan vakolat va funksiyalar tasdiqlangan. 

Farmonga asosan, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mahalliy davlat organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi.  

Shuningdek, Oliy majlis Senati va Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2024 yilning 1 oktabriga qadar O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqish va unda bir qator yo‘nalishlarni inobatga olish belgilangan. Jumladan, mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarning nazorat faoliyatini kengaytirish, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, mahalliy Kengashlar qarorlarini ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini kuchaytirish, mahalliy Kengashlar faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlarning maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish, Kengashlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralarni belgilash kabilar shular
jumlasidandir.
 

Bir so‘z bilan aytganda mazkur Farmon kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarimizni o‘zida mujassam etadi va yurtimizda olib borilayotgan ulkan islohotlarning naqadar shaffof va uzoqni ko‘zlangan islohotlar ekanini belgilab beradi. Bu Farmonning hali uzoq yillar mahalliy Kengashlar faoliyati sohasida vakolatlarini ko‘rsatib berib turishi, shuningdek, bu sohada tarixiy bir Farmon ekani bilan qimmatli bo‘lib qoladi.  

Azamat TAVBOEV, 

Xalq deputatlari
Payariq tuman Kengashi deputati.
  

Slide 1 of 1