Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 15-ялпи мажлиси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши раиси С.Муминов, вилоят Кенгаши депутатлари, шаҳар ва туман Кенгашлари котибият мудирлари иштирокида муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоси, Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати Нажмиддинов Икромхон Хошимхонович Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармонига мувофиқ “Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси” фахрий унвони билан тақдирланганликлари ҳамда қутлуғ 75 ёшни қарши олганликлари муносабати билан халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг 22-сессиясида тантанали равишда қутланди.
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ НАМАНГАН ВИЛОЯТИ КЕНГАШИНИНГ ЙИГИРМА ИККИНЧИ СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т. Гаппаров, вилоят Кенгаши депутатлари Р. Туйчиев ва Д. Даминов ҳамда Норин туман Кенгаши раиси М. Режабовлар томонидан ҳудудда спортни қўллаб-қувватлаш ва ёшлар учун замонавий спорт инфратузилмасини яратиш борасида амалга оширилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т. Гаппаров, вилоят Кенгаши депутатлари Р. Туйчиев ва Д. Даминов ҳамда Норин туман Кенгаши раиси М. Режабовлар томонидан Норин тумани маданият бўлими тасарруфидаги “Санат гулшани” маданият марказида ўрганиш ишлари олиб борилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари ҳамда Аграр, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссияларининг навбатдаги қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т. Гаппаров томонидан Янги Наманган тумани “Тинчлик” маҳалла фуқаролар йиғинида амалга оширилаётган ишлар ва маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т. Гаппаров, вилоят Кенгаши депутати М. Алиханов ҳамда Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши раиси А. Хамраевлар томонидан Янги Наманган туманида жойлашган 65-сонли умумтаълим мактаби фаолияти ўрганилди.
Yoshlar va xotin-qizlarga oid islohotlar amalda

 Payariq tumanidagi mahallalarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faollari tomonidan 2023 yilda «Ayollar daftariga» kiritilgan ayollar 6877 tani tashkil etdi. Ushbu ayollarga daftarga kiritilish yo‘nalishi bo‘yicha amaliy yordamlar berib kelinmoqda. Yo‘nalishlar kesimida oladigan bo‘lsak 3102 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlangan, 335 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik qilishi uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan, 3393 nafar ayollarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratilgan, 1 nafar ayol ijtimoiy uyga joylashtirilgan, 35 nafar ayollarga uy-joy ta’miri uchun qurilish materiallari olib berilgan, 11 nafar ayollarning esa ijara shartnomasi asosida ijara pullari to‘lab berilmoqda. 

Tuman aholisi jami 267 ming bo‘lib, shundan 51,0 foizi yoshlarni tashkil qiladi. Xususan, tumanda 136 ming 214 nafar, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar istiqomat qilib kelmoqda. Ularning 73 ming 096 nafari 14-30 yoshdagilardir. Shundan, 262 nafari muddatli harbiy xizmatga, 4 ming 878 nafari chetga chiqib ketgan, 31 nafari jazoni ijro etish muassasalarida JIEM, 735 nafari mehnatga layoqatsizlar. 2023 yil davomida «Yoshlar daftari»ga tuman bo‘yicha jami 2 ming 980 nafar yoshlar kiritilib, ularning 2 ming 320 nafariga 78 foiz yordam ko‘rsatildi.Jumladan, 6 nafar yoshlar haydovchilikka o‘qitildi, 78 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari berildi, 180 nafar yoshlarga ta’lim to‘lov-kontraktlari to‘lab berildi, 73 nafar yoshlarga zamonaviy kasb va horijiy til o‘quv kursi kompensatsiya qoplab berildi, 10 nafar yoshlarga fuqarolik pasporti biometrik pasport olish badallari qoplab berildi. 14 nafar yoshlarga olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish harajatlarini qoplab berildi. Bundan tashqari, 303 nafar yoshlarning davolanish bilan bog‘liq harajatlari, 16 nafar NTMda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish harajatlari qoplab berilib, 287 nafar yoshlarga yer ajratildi. 5 nafar yoshlarning turar joy ijarasi qoplab berildi, 9 nafar yoshlarning yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar moliyalashtirildi, 756 nafar yoshlar ishga joylashtirilib bandligi ta’minlandi va boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ajratildi. «Sektor va yoshlar» uchrashuvlari bo‘yicha esa yoshlar yetakchisi boshchiligida yoshlarni taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini hal etish maqsadida joriy yilda 95 marotaba «Sektor rahbari va yoshlar» uchrashuvlari o‘tkazildi. Uchrashuvda 4 ming 200 nafar yoshlar qamrab olinib, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan 532 ta murojaatlardan 532 tasi 100 foizi joyida bartaraf etildi. 

Joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha xozirda mahallalarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda. Xatlov yakunlariga ko‘ra muammosi mavjud, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularga yordam ko‘rsatiladi, shuningdek iste’dodli, bilimli yoshlar ham saralab olinib, ularning o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashiga yuqori natijalarga erishishiga ko‘maklashiladi.  

Uyushmagan yoshlar mahallalarda besh tashabbus tadbirlari bilan qamrab olinib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi oldi olishiga harakat qilinadi. Tumandagi og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yoshlar markazida tuman shtabi tashkil qilingan bo‘lib, barcha mas’ullar tomonidan kunlik amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlari qabul qilinib boriladi. 

 Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Yoshlar siyosati xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Norboeva

Slide 1 of 1