Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida mutasaddi korxona va tashkilotlarda aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan taqdim etilgan axborot eshitildi.

Yig‘ilish davomida Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning mazmuni, ularni ko‘rib chiqish natijalari, fuqarolar muammolarini hal etish holati hamda murojaatlar bilan ishlashda uchrayotgan kamchiliklar tahlil qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyi davomida shahar fuqarolaridan jami 4 843 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 257 taga yoki 6 foizga ko‘pdir. Murojaatlarning 4 145 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 3 830 tasi yoki 92,4 foizi qanoatlantirilgan. Jumladan, 1 297 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 2 510 tasi yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan, 698 ta murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida qolmoqda.

Murojaatlarning asosiy qismini nafaqa tayinlash va moddiy yordam, huquqbuzarlik va firibgarlik, aliment va qarzdorlik, uy-joy ta’minoti, shuningdek, gaz ta’minoti va hisob-kitoblar bilan bog‘liq masalalar tashkil etgan.

️Yig‘ilishda ayrim tashkilotlar, xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda “Qo‘qon shahar gaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyatida takroriy va respublika tashkilotlariga yo‘naltirilgan murojaatlar sonining ortgani qayd etildi. Shuningdek, murojaatlarni o‘rganishda yuzaki yondashish va muammolarni to‘liq hal etmasdan oraliq javoblar bilan cheklanish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Taqdim etilgan axborotga ko‘ra, shahar bo‘yicha 791 ta takroriy va 77 ta jamoaviy murojaat qayd etilgan. Takroriy murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 168 foizga oshgan. Eng ko‘p murojaatlar Bultur, Muqimiy, G‘ishtli masjid, Davronbek hamda Rayxon mahalla fuqarolar yig‘inlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish va hal etish, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifa va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6