Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida markazning moddiy-texnik holati, mavjud kitob fondi, o‘quvchilar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitobxonlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda axborot-resurs xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Tahlil jarayonida markaz faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, kitob fondini yangi, zamonaviy va yoshlar qiziqishiga mos badiiy hamda ilmiy adabiyotlar bilan boyitish zarurati mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, yoshlarni kutubxonaga jalb etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va muntazam ravishda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish borasidagi ishlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, elektron kutubxona va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud kompyuter texnikalaridan samarali foydalanish hamda yoshlar uchun qulay o‘quv muhitini yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Markazda kitobxonlar, ayniqsa, yoshlar bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yish, ularning qiziqishlarini o‘rganish va shu asosda adabiyotlar tavsiya etish samaradorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kitobxonlikka keng jalb qilish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.