Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot
#nazorat_tahlil #162_ta_Qonun

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov deputat D. Xoliqovaga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Qiziriq tumani bo‘limida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va ustuvor vazifalarni belgilab oldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida mazkur qonun talablarining tashkilotda bajarilishi holati muhokama qilindi.

Muhokama davomida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlar bilan ishlashda qonun talablariga rioya etish hamda murojaatlarning natijadorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan kelgusidagi hamkorlikdagi ishlarni tizimli tashkil etish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni belgilash hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2