Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 20-Uyshun saylov okrugi deputati K. Djumanazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan “Yuqoriovul” MFY hududidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔥 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilgan ishlar, xususan, isitish tizimlarining texnik holati, qozonxonaning mavsumga tayyorligi, isitish qurilmalari va ichki issiqlik tarmoqlarining sozligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🏫 Shuningdek, maktab binosining tom qismi, deraza va eshiklarning holati, elektr va suv ta’minoti, o‘quv xonalari hamda boshqa yordamchi xonalarning mavsumga tayyorgarligi yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar muhokama qilinib, kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun barqaror, xavfsiz hamda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4