Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
🤝 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI

🤝 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 21-Angor saylov okrugi deputati G. Baynazarova nomidan hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan “O‘rtaovul” MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.

🖇 O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalar bilan ishlash holati, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi, fuqarolarning muammolarini aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🎯 Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligini ta’minlashdan iborat.
✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 2