Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
# O‘zbekiston Respublikasining 581-sonli Ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish, to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

# O‘zbekiston Respublikasining 581-sonli Ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish, to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan O‘rta Chirchiq tuman Suv ta`minoti filiali faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 581-sonli Ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish, to‘g‘risidagi qonuni ijrosi o‘rganildi.

📝 Mazkur o‘rganish jarayonida 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 581-sonli Ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish, to‘g‘risidagi Qonun hududda bajarilishi, aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud suv tarmoqlarining holati hamda suv ta’minoti sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

💧 Mahallalarda ichimlik suvi tarmoqlarining texnik holati, mavjud muammolarni bartaraf etish, eskirgan va yaroqsiz quvurlarni ta’mirlash yoki yangilash, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash hamda suv ta’minoti xizmatlari sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, suv tarmoqlaridagi uzilishlar, bosim bilan bog‘liq muammolar va aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4