Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan o‘zi saylangan Bunyodkor MFY hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi xonadonlarni suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yaqindan ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, suyultirilgan gaz ballonlarining “FES” tizimi orqali xonadonlarga yetkazib berilishi jarayoni bevosita hududning o‘zida o‘rganildi. Jarayon davomida aholiga gaz ballonlarini yetkazib berishdagi mavjud holat, xizmat sifati va fuqarolarning murojaatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari va muammolari tinglandi. Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4