35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Hududlarni o‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida M. Eshtemirov mahallasi, Tajribakor ko‘chasidagi holat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, xususan, do‘konlar atrofida chiqindilar to‘planib qolayotgani, ularning o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani hamda buning natijasida turli xil noxush hidlar tarqalayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani sababli, muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovida hududdagi chiqindilarni tezkor olib chiqish, ularni muntazam ravishda olib ketish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda sanitariya va obodonlashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlash so‘raldi.

🤝 Aholi murojaatlari — deputat e’tiborida. Muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3