Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert maslahat guruhi a’zolari, jumladan, Z.Yakubova ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan shahar moliya tizimi faoliyatiga oid masala hamda deputatlar tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan javoblarni ko‘rib chiqish masalalari o‘rin oldi.

Dastlab, kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan shahar moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatovning hisoboti tinglandi. Hisobotda tegishli yo‘nalishdagi amalga oshirilgan ishlar, mavjud holat va kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Masala muhokamasi davomida komissiya a’zolari tomonidan soha faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilishning ikkinchi masalasi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri — deputat so‘rovlariga berilgan javoblarni tahlil qilishga bag‘ishlandi. Mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan javoblar qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan masalalarning amaldagi ijrosi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarga faqat yozma javob berish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash, ijro holatini nazorat qilish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosalari va qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 7