Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🤝 Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida “Qarabog‘” mahallasining mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish, ularni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, mahallada bandlikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, obodonlashtirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Muloqot davomida mahalla yettiligi vakillarining taklif va mulohazalari tinglanib, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

📋 Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida mahalladagi mavjud holatni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2