Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
11-sonli maktabning isitish tizimi — deputatlik nazoratida

Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun qish mavsumida qulay, xavfsiz va issiq shart-sharoitlar yaratish, maktablarning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan shahardagi 11-sonli umumta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganish Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Xususan, 11-band — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimi holatini o‘rganish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida:
🔥 Qozonxona va isitish tarmoqlari — qozonxona uskunalari, nasoslar, bosim o‘lchagichlar hamda isitish quvurlarining texnik holati;
🪟 Issiqlikni saqlash va energiya tejamkorligi — sinfxonalar, sport zali va yo‘laklardagi deraza-romlar, eshik va devorlarning issiqlikni saqlash darajasi;
⚡️ Elektr va yoqilg‘i ta’minoti — elektr va tabiiy gaz tarmoqlarining xavfsizligi, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish choralari;
🛡️ Yong‘in xavfsizligi — qozonxona va maktab binosidagi yong‘in xavfsizligi vositalarining holati hamda ularning yaroqliligi ko‘zdan kechirildi.
💬 D.Normuradova:
“Farzandlarimiz qishning sovuq kunlarida ham issiq va shinam sinfxonalarda ta’lim olishlari shart. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik shunchaki rasmiy hisobot uchun emas, balki o‘quvchilarning salomatligi va ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak.”
O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktab ma’muriyatiga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, energiya resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📌 Mazkur masalalar kelgusida ham deputatlik nazoratida bo‘lib, maktabning kuz-qish mavsumini betalofat va samarali o‘tkazishi uchun zarur choralar ko‘riladi. 

Slide 1 of 3