Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
#munosabat

Farzandi bir yoshga to‘lmasdan mehnat faoliyatiga qaytgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash — muhim ijtimoiy qadam.

👉2027 yil 1 yanvardan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan va bir yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollarga bola parvarishlash nafaqasi to‘lanishi belgilanayotgani xotin-qizlar va oilalar manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim choralardan biri, deb hisoblayman.
👉Ayniqsa, farzandi hali bir yoshga to‘lmagan bo‘lsa-da, turli sabablarga ko‘ra mehnat faoliyatini davom ettirayotgan ayollarga bunday nafaqaning berilishi ularning mehnat va oilaviy majburiyatlarini uyg‘unlashtirishiga qo‘shimcha ko‘mak beradi.
👉Shuningdek, ijtimoiy yordam mablag‘larini tasarruf etish vakolatlarining tuman va shahar shtablariga o‘tkazilishi aholiga manzilli yordam ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉Deputat sifatida bunday ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayman. Zero, oila farovonligi, onalar mehnati va bolalar manfaatini himoya qilish — jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.

Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,