Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida "Qaldirg‘och" mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

Bandixon tumanida aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallalarda qulay yashash muhitini barpo etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi A.Allamuradov "Qaldirg‘och" mahallasida bo‘lib, hududni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish masalalari yuzasidan soha mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda 16-Qaldirg‘och saylov okrugi deputati D.Qudratov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev qatnashdilar.

Yig‘ilishda "Qaldirg‘och" MFY hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Deputatlar va mutasaddi tashkilot rahbarlariga har bir ko‘cha va xonadonda obodlik ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini deputatlik nazorati ostida amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 4