Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#doimiy_komissiya
#Viloyat_deputati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_qonun

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 33-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga sifatli bilim berish sharoitlarini yaxshilash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatov hamda G.Xolmatovalar tumandagi 33-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil ishlarini o‘tkazdilar.

✅O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan sohaviy savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ–637), “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi (O‘RQ–901), “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi (O‘RQ–595) qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori talablari ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining metodik ta’minoti, o‘qituvchilarning kasbiy huquq va kafolatlariga rioya etilishi, maktabning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda ota-onalar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Tashrif yakunida ta’lim samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3