35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, 15-“Humo” saylov okrugi deputati Qurbonov Farhod Absalomovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoit va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

📌 O‘rganish davomida hududning tozaligi, ichki va tashqi qismdagi obodonlashtirish holati, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

🌿 Muassasa hududini ozoda va ko‘rkam saqlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bolalar uchun qulay muhitni ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🤝 Tashrif yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati 
Slide 1 of 3