35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Kaxxarova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qo‘qon shahar bo‘limidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Shaldiramoq” MFY, Shaldiramoq mavzesidagi To‘qqizbuloq ko‘chasi 1-9 uylar va A.Temur ko‘chasi 1-5 uylarda yashovchi aholi uchun chiqindi tashlash joylarini tashkil etish hamda ushbu hududlarda sanitariya holatini tartibga solish masalasi ko‘tarilgan edi.

Sanepidqo‘mita shahar bo‘limi boshlig‘i G‘.Mirzamaxmudov imzosi bilan berilgan rasmiy javobda ma’lum qilinishicha, “Shaldiramoq” MFYda chiqindilar har kuni olib chiqib ketilishi yo‘lga qo‘yilgan. Biroq, ko‘rsatilgan xonadonlar aholi yashash maydoniga o‘ta yaqin joylashganligi sababli alohida chiqindi maydonchasi tashkil etish imkoni bo‘lmagan. Shu sababli markaziy A.Temur ko‘chasi bo‘yiga chiqindilarni faqat belgilangan soatlarda chiqarish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolar tomonidan ularni betartib tashlash holatlari kuzatilmoqda.

Muvaffaqiyatli sanitariya muhitini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Qo‘qon shahar bo‘limi, shahar Ekologiya bo‘limi, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishini bartaraf etish yuzasidan tungi reydlar va navbatchiliklar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, Respublika Sanepidqo‘mitasining 2025-yil 5-maydagi 31-sonli buyrug‘iga asosan har bir MFYda aholi o‘rtasida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda.

Hozirda mazkur hududda nazorat va profilaktika ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi