Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabini yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida maktabdagi sinf xonalari va yo‘laklarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ular yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun tayyor holatga keltirilgan. Xonalar tartibga keltirilib, o‘quvchilar uchun qulay va shinam ta’lim muhiti yaratish borasida zarur ishlar olib borilgan.

🔻Shuningdek, joriy o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun Prezidentimiz sovg‘alari ham tayyorlab qo‘yilgan. Jumladan, bolajonlarga topshirilishi belgilangan maktab sumkalari, daftarlar va boshqa zarur o‘quv qurollari jamlanib, belgilangan tartibda tarqatishga shay holatga keltirilgan.

🔻Deputat tomonidan o‘rganish davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yilini sifatli va munosib boshlashi, o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Shu bilan birga, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, maktab hududini obodonlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6