Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlar nazoratida


Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash va muammolariga individual yondashish — mahalliy Kengash deputatlari e’tiboridagi muhim yo‘nalishlardan biridir.

Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Unda yoshlarning ijtimoiy faolligi, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, bandligini ta’minlash hamda manzilli yordam bilan qamrab olish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida asosiy ko‘rsatkichlar e’tiborga olindi:

🔹 Mahallada jami 1 105 nafar yosh istiqomat qiladi.

🔹 1 103 nafar yosh xatlov va o‘rganish bilan qamrab olingan.

🔹 Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida 30 ta ijtimoiy loyiha va 10 ta tadbir amalga oshirilgan.

🔹 Tadbir va loyihalarga 50 nafar yosh, volontyorlik faoliyatiga esa 100 nafar yosh jalb qilingan.

🔹 25 nafar iqtidorli yosh aniqlanib, ularning iste’dodini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilgan.

🔹 1 000 nafar yosh “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb qilingan.

🔹 Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida 30 nafar yosh ishga joylashtirilgan, 40 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, 30 nafari tadbirkorlikka jalb qilingan.

🔹 30 ta yangi ish o‘rni yaratilgan, 70 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilgan.

🔹 “Yoshlar daftari” bilan ishlash doirasida 21 nafar yosh ro‘yxatga kiritilgan, 10 nafariga manzilli yordam ko‘rsatilgan.

🔹 30 nafar yoshning muammosi amalda hal etilgan, shuningdek, ijtimoiy hamkorlar ko‘magida 10 ta muammo o‘z yechimini topgan.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlashning samaradorligi, har bir yoshning qiziqishi, iqtidori va muammosiga individual yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, ta’lim va kasb-hunarga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan manzilli ishlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Har bir yoshning muammosi e’tiborda, tashabbusi qo‘llab-quvvatlanishi va kelajagi uchun imkoniyat yaratilishi — deputatlik nazoratining muhim mezonidir.